Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gazeta va jurnallarga obuna bo‘luvchilar uchun 10 va 20 foizgacha “Cashback” qaytaradigan “Obuna” elektron platformasi ishga tushirildi

Gazeta va jurnallarga obuna bo‘luvchilar uchun 10 va 20 foizgacha “Cashback” qaytaradigan “Obuna” elektron platformasi ishga tushirildi

Yagona integrator – UZINFOCOM tomonidan “Obuna” yagona elektron platformasi ishga tushirildi. Ushbu platforma orqali obuna bo‘lingan gazeta-jurnallarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy, huquqiy, ilmiy-ommabop nashr turlariga obuna narxining 10 foizi, bolalar uchun mo‘ljallangan nashrlar uchun obuna narxining 20 foiz miqdorida “Cashback” obunachilarining bank kartalariga qaytarib beriladi (Cashback qaytarib berish muddati 2026-yil 1-yanvarga qadar davom etadi).

Obuna bo‘lingan gazeta va jurnallar obunachining yashayotgan manzili yoki eng yaqin bo‘lgan pochta bo‘limlarigacha yetkazib berishni o‘z ichiga oladi. 

Ushbu platformada obuna bo‘lgan gazeta va jurnallaringiz bo‘yicha barcha obuna ma’lumotlarini: obuna muddati, gazeta va jurnalning chop etilish davriyligi, obunani yetkazib beriladigan manzil va hokazolarni ko‘rish imkoniyati yaratilgan.

Obuna platformasiga www.e-obuna.uz havolasi orqali kiring va o‘zingizni qiziqtirgan gazeta va jurnalga obuna bo‘ling.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring