Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi Telegramda messenjerga o‘rnatilgan ilovalar katalogi mavjud

Endi Telegramda messenjerga o‘rnatilgan ilovalar katalogi mavjud

Android uchun Telegramning so‘nggi beta-versiyasida mini-ilovalar katalogi paydo bo‘ldi.

Global qidiruv ekranida endi “Apps” yorlig‘i mavjud bo‘lib, unda foydalanuvchilar ilovalarni nomlari bo‘yicha qidirishlari va avval ishga tushirilgan vidjetlar ro‘yxatini ko‘rishlari mumkin. Shuningdek, u yerda siz mashhur ilovalarning tanlovini topishingiz mumkin.

Bundan tashqari, mini-ilovalarni qo‘llab-quvvatlaydigan bot profillarining ko‘rinishi o‘zgardi. Endi u oylik noyob foydalanuvchilar sonini (MAU) va mini-ilovani ishga tushirish tugmachasini ko‘rsatadi.


Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring