Dunyo boylaridan biri biznesni tashlab, o‘qituvchilikni tanladi
Alibaba Group Holding Ltd. asoschisi Jek Ma biznesdan ketdi. Endi u Tokio universitetida talabalarga ma’ruza o‘qiydi.
58 yoshli Jek Ma shu vaqtga qadar o‘z sohasida qator muvaffaqiyatlarga erishdi. Endi esa pensiyaga chiqishni afzal ko‘rdi va shunda ham bekor o‘tirmay yoshlarga bilim berishni tanladi.
Milliarderning bu borada tajribasi bor. Yaqinda u ingliz tilidan dars berishni tajribasidan o‘tkazib ko‘rgandi. Universitet talabalariga ma’ruza o‘qish ham zavq bag‘ishlashga umidi yuqori.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter