Apple Intelligence AI xususiyatlari qancha iPhone xotirasini talab qiladi?

Generativ sun’iy intellektga asoslangan yangi Apple Intelligence funksiyalari iPhoneda kichik hajmdagi ichki xotirani egallaydi.
128 Gb xotiraga ega iPhone 16, iPhone 16 Plus va iPhone 16 Pro egalari xavotirlanishga hojat yo‘q – birinchi SI funksiyalari uchun atigi 4 Gb bo‘sh joy kerak bo‘ladi.
Biroq, kelajakdagi xususiyatlardan foydalanishni istagan foydalanuvchilar xotirani bo‘shatishlari kerak bo‘lishi mumkin.
Hozirda Apple Intelligence ishlashi uchun 4Gb talab qilinadi, bu esa ko‘pchilik foydalanuvchilar uchun ishlarni osonlashtiradi.
Ammo yangi SI funksiyalari qo‘shilishi bilan talab qilinadigan joy miqdori ortadi. 256 Gb xotiraga ega iPhone 16 Pro Max egalari noqulaylik tug‘dirmaydi, biroq xotirasi kam bo‘lgan modellar foydalanuvchilari bo‘sh joyni boshqarishi kerak bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Apple iOS 18.3 va 18.4 yangilanishlarida yanada ilg‘or SI funksiyalarini joriy etishni rejalashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter