Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

YouTube ham Shazam kabi qo‘shiqlarni aniqlaydi

YouTube ham Shazam kabi qo‘shiqlarni aniqlaydi

Foto: RBK

YouTube endi Shazam ilovasi kabi musiqalarni aniqlay oladi: videoxostingning androidlar uchun ilovasida trekni qisqa fursat eshitib musiqali videoni topib beruvchi yangi funksiya ishga tushdi.

Buning uchun qo‘shiqning asli bo‘lishi shart emas, shunchaki xirgoyi qilinsa kifoya.

Yangi funksiya sinovdan o‘tayotgani bois, hozircha cheklangan sonli foydalanuvchilar uchun ochiq. Qo‘shiqning videosi nomini topish uchun o‘sha qo‘shiqni uch soniya eshitsa yetadi. Kerakli qo‘shiq videosi topilganidan so‘ng rasmiy video va ushbu qo‘shiq mavjud boshqa roliklar ekranda paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, ayrim foydalanuvchilar uchun obuna bo‘yicha videolarni tasma ko‘rinishida saralash imkoniyati paydo bo‘ldi. U bir muallif kun bo‘yi joylagan kontentlarni bir papka yoki ro‘yxat ko‘rinishida saralaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring