Yaponlar elektromagnit shovqinni tokka aylantirishdi

Sony elektromagnit shovqinni energiyaga aylantirib beruvchi kompakt modulni taqdim qildi. Ushbu texnologiya narsalar interneti (IoT)da qo‘llanilishi mumkin.
Elektromagnit shovqin — turli elektron qurilmalardan taraladigan elektromagnit to‘lqinlar. Odatda bu shovqin foydasiz hisoblanadi. Biroq yaponlar uni foydali qilishni uddalashgan ko‘rinadi.
Modul narsalar internetida ishlatiladigan qurilmalarning metall qismlaridan antenna sifatida foydalanadi, antenna bir necha gersdan 100 MGs.gacha diapazondagi elektromagnit to‘lqinlarini tutadi. So‘ngra modul bu to‘lqinlarni keyinchalik IoT-qurilmalarni quvvatlantirishda ishlatish mumkin bo‘lgan doimiy tokka aylantirib beradi. Hech qanday rozetka yoki batareyar kerakmas. Juda qulay va foydali qurilma, shunday emasmi?!
Texnologiya hozircha ishlanish bosqichida, Sony uning asosida mahsulotlar ishlab chiqarish uchun turli sohalardagi kompaniyalar bilan hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter