Yangi Redmi 12 narxi va qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Redmi 12 — kompaniyaning navbatdagi hamyonbop smartfoni. Reliz arafasida ma’lumotlarni qo‘lga kiritgan insayderlar yangi smartfon tafsilotlarini internetga sizdirishdi: qanday xususiyatlarga ega, qachon taqdim etiladi va eng muhimi, narxi qancha?
Smartfon haqidagi ma’lumotlarni Dealabs portali tarqatdi. Unga ko‘ra, yangi smartfon (Redmi 12)ga IPS-displey o‘rnatiladi: diagonali — 6,79 dyuym, 2460x1080 piksel yechimga ega, yangilanish chastotasi — 90 Gs.
Asosiy kamerasi — 50 Mp, frontal (selfi) va ultrakeng burchakli kameralar — 8 Mp, makrosurat olish moduli — 2 Mp.
Protsessori — MediaTek Helio G88. Operativ xotira — 4 Gb, ichki xotira — 128 Gb. 1 Tb gacha microSD o‘rnatish mumkin. Android 12 operatsion tizimi MIUI 14 interfeys qobig‘ida ishlaydi. Akkumulyatori — 5 000 mAs, 18 vattli quvvatlash texnologiyasi qo‘llanilgan.
Isayderlar xabariga ko‘ra, smartfon ikkita sim-karta, 4G gacha aloqa standartini qo‘llaydi, barmoq izlari skaneriga ega.
Smartfon o‘lchamlari: 168,6x76,2x8,1, og‘irligi — 199 g.
Redmi 12 taqdimoti 2-iyun kuni o‘tkazilishi kutilyapti, narxi — €199 atrofida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter