Yangi kir yuvish mashinasi kiyimlaringizni quritib ham beradi

Midea kompaniyasi Washbot kir yuvish va quritish mashinasini taqdim etdi. U sun’iy intellekt yordamida boshqarilib, kiyimlarni 42°C gacha bo‘lgan haroratlarda quritishni qo‘llab-quvvatlaydi. Mashinaning kengligi taxminan 60 sm.
Shuningdek, kir yuvish mashinasining ulash stnatsiyasi robot changyutgich bilan bitta, bu bilan joyni tejashga erishasiz. Robot changyutgich 200 kvadrat metrgacha bo‘lgan xonani tozalashi mumkin. U to‘siqlarni aniqlash, shuningdek, cho‘tkadan chigallashgan sochlarni olib tashlash funksiyasiga ega.
Dok-stansiya o‘zini tozalaydi va 60 kun davomida monitoringni talab qilmaydi. Issiq suv va issiq havo bilan quritish yordamida cho‘tkani tozalab, dezinfeksiya qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter