Xitoy akkumulyatorchilari birlashdi
Xitoyda 200 ta kompaniya vakillari China All-Solid-State Collaborative Innovation Platform (CASIP) konsorsiumiga asos solishdi. Bu uyushma Xitoydagi yirik korxonalarning elektromobillar uchun akkumulyatorlar ishlab chiqarish sa’y-harakatlarini kuchaytirishga qaratilgan.
Mamlakat litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarishda jahonda yetakchi, ammo texnologik poygalar yangi yechimlarni talab qilmoqda.
Konsorsium tarkibiga BYD va NIO elektromobillarini ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, texnologik sektorning akkumulyatorlarga ixtisoslashgan qator ishtirokchilari, jumladan, BYD, CALB, EVE Energy, Svolt Energy Technology, Gotion High-Tech va CATL singari yetakchilari kirdi.
CASIP jahondagi eng yirik 10 ta akkumulyatorlar ishlab chiqaruvchisining 6 tasini birlashtirdi. Ular birgalikda yangi avlod qattiq turdagi batareyalarini ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishmoqchi.
Prognozlarga ko‘ra, 2025-yilda akkumulyatorlardan kuch oluvchi elektrokarlar jahon birlamchi avtomobillar bozorining yarmini egallaydi. Yangi texnologiya quvvatlashga ketadigan vaqtni qisqartiradi, quvvat manbalarining havo harortiga chidamliligini oshiradi.
Xitoyliklar qattiq turdagi batareyalarni ishlab chiqarishni 2030-yildan ommaviy yo‘lga qo‘yishni rejalashtirishgan. Hozircha bu yo‘nalishda Yaponiya yetakchilik qilmoqda. Umuman olganda, ushbu mintaqada texnologik sektorning ilg‘or kompaniyalari yangilangan elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlashi uchun kamida 2027-yilgacha kutishga to‘g‘ri keladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter