Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Windows 10/11 fotolarni ishlovchi foydali SI-vositaga ega bo‘ldi

Windows 10/11 fotolarni ishlovchi foydali SI-vositaga ega bo‘ldi

Foto: 4PDA

Microsoft kompaniyasi tasvirlarni ko‘rish va tahrirlashga mo‘ljallangan “Fotografiya” (Photos) ilovasining imkoniyatlarini kengaytirdi.

Asosiy kiritilgan yangilik Spot Fix Tool vositasi bo‘ldi — u suratlarni begona obyektlardan “tozalash”da sun’iy intellektdan foydalanadi.

Generative Erase

Loyiha mualliflariga ko‘ra, Generative Erase deb nomlangan yangi funksiya fotosuratlardagi keraksiz obyektlarni yuqori aniqlikda va izsiz yo‘qota oladi. Fondagi va old plandagi istalgan kattalikdagi obyektni yo‘q qilishga kuchi yetadi.

Generative Erase

Tegishli ikonka “Tasvirni tahrirlash” («Редактировать изображение») bo‘limida “O‘chirish” («Стереть») tugmasi ostida joylashgan. Uni tanlab, mo‘yqalam o‘chirilishi lozim bo‘lgan obyektlar yoki sohalar bo‘ylab yugurtiriladi, natijasi bir necha soniya ichida ko‘rinadi. Yanada aniqlik uchun mo‘yqalam o‘lchamini o‘zgartirish yoki bir nechta obyektni bir paytda o‘chirishda niqoblar (maskalar)ni qo‘shish yoki o‘chirishda avtomatik qo‘llashni o‘chirish tavsiya qilinadi.

Generative Erase

Generative Erase funksiyasi hozir Windows Insider dasturi doirasida sinovdan o‘tkazilyapti.

Kompaniya ta’kidlashicha, Photos ilovasida yaqinda ishga tushirilgan fonni xiralashtirish, o‘chirish va almashtirish hamda Generative Erase kabi barcha sun’iy intellektli tahrirlash funksiyalari Arm64 protsessorlari o‘rnatilgan va Windows 10 boshqaruvidagi qurilmalar uchun ham ishlaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring