Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vivo juda arzon smartfon taqdim etdi

Vivo juda arzon smartfon taqdim etdi

Foto: Ilenta.com

Vivo o‘zining Y17s nomli yangi smartfonini taqdim etdi. U 50 MP asosiy sensorga ega kuchli qo‘sh kamera va ta’sirchan 5000 mA/s akkumulyator bilan jihozlangan.

Smartfon 6,56 dyuymli HD + piksellar soniga va 60 Gs yangilanish tezligiga ega IPS LCD displey bilan jihozlangan.

Qurilmada MediaTek Helio G85 protsessori, 6 Gb tashqi xotira va 128 Gb ichki xotira mavjud. Android 13 operatsion tizimida ishlaydi. 5000 mA/s sig‘imli akkumulyator 15 Vt tezkor quvvatlanishga qodir, bu sizga YouTube videolarini bir bor to‘liq quvvatlanishda 20 soatgacha ko‘rish imkonini beradi.

Hozircha smartfon faqat Singapurda, 146 dollarga sotilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring