Videoga oladigan aqlli ko‘zoynak
"Xiaomi" kompaniyasi video tasvirga tushirish imkoniyatini beruvchi aqlli ko‘zoynak taqdim etdi. U "Mijia Glasses Camera" deb nomlanadi.
Ko‘zoynak Micro OLED displeyi bilan jihozlangan. Uning asosiy xususiyati 50 megapikselli kameradir. Shu sabab video tasvirga tushirish qobiliyatiga ega.
Aqlli ko‘zoynak orqali 100 daqiqa to‘xtovsiz videoga olish mumkin. Lekin atrofdagilar tasvirga tushayotganlaridan bexabar qolmaydilar. Yorug‘lik indikatori bu haqida ogohlantiradi.
Ishlab chiqaruvchilarning ta’kidlashicha, gadjetni yasashga 2 yil vaqt ketdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter