Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Velosipedlarga ham radar o‘rnatilishi mumkin ekan

Velosipedlarga ham radar o‘rnatilishi mumkin ekan

Foto: Newatlas

Garmin elektron velosipedlarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan Varia eRTL61 avtomobilni aniqlash radarini ishlab chiqdi. Tizim haydovchilarni orqadan kelayotgan transport vositalari haqida ogohlantiradi.

Jihoz odatdagi orqa chiroq kabi o‘rindiq ustuniga yoki orqa ustunga o‘rnatiladi. U akkumulyatorni zaryad qilish uchun velosipedning elektr tizimiga ulanadi.

Foydalanuvchi pedallarni aylantirganda, eRTL615 velosiped orqasidan 137 m.gacha bo‘lgan har qanday transport vositasidan exo beruvchi impulslar yuboradi. Modul bu aks-sadolarni qabul qiladi va ularni tahlil qilib, har bir avtomobil qanchalik uzoqda va qanchalik tez yaqinlashayotganini aniqlaydi.

Foydalanuvchi Garmin aqlli soati, Edge velosiped kompyuterida yoki smartfonda iOS va Android uchun Varia ilovasi orqali vizual va audio ogohlantirishlarni qabul qiladi. U qancha mashina va qanday masofada orqada qolganini ko‘ra oladi.

Qurilmaning orqa fonari to‘rt xil rejimni ta’minlaydi va maksimal 65 lyumen ega. Haydovchilar yaqinlashganda, u tezroq miltillay boshlaydi.

Butun qurilmaning og‘irligi 51 g, ANT+ yoki Bluetooth Low Energy simsiz protokollari orqali muloqot qiladi va IPX7 suvga chidamli (1 m gacha bo‘lgan suvda 30 daqiqagacha).

Varia eRTL615  Garmin onlayn-do‘konida 300 dollarga sotiladi. Elektrsiz velosiped haydovchilari uchun qurilmaning akkumulyatorli versiyasi mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring