Tilla taqinchoqlar uchun kir yuvish mashinasi

Kunphy - zargarlik buyumlari uchun tozalash mashinasi. U ovozli to‘lqin va tebranishlar hosil qilgan holda nafaqat tilla, balki metall va yelimdan yasalgan taqinchoqlar, soatlar, tangalar, protoyezlarni ham top-toza qilib beradi.
Mashina 2 xil hajmda taqdim etildi: biri katta, ikkinchisi kichikroq. Odamlar tillasi kam-ko‘pligiga qarab tanlaydi. Kattasi uzunchoq qilib ishlab chiqarilgan bo‘lib, unda ko‘zoynakni ham yuvish mumkin.
Qurilma ixcham va qulay, o‘zingiz bilan olib yursangiz bo‘ladi. Tozalayotgan buyumlariga zarar yetkazmaydi. Tillalarni qisqa fursatda chinnidek qilib tozalab beradi. Tozalash vaqtini o‘zingiz belgilaysiz.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter