Tesla muhandislarni ishga taklif qiladi

Tesla kompaniyasi Cybertruck pikapini ishlab chiqarish uchun vakansiyalarni ko‘paytirmoqda. Chunki uni taqdim etilish sanasiga atigi bir necha oy qoldi. Yangi xodimlar Texasdagi gigafabrikaga ishga olinadi.
Jumladan, boshqaruv muhandisi, avtomatizatsiya muhandisi, muhandis-texnolog, jihozlar bo‘yicha muhandis, ishlab chiqarish muhandisi, ishlab chiqarish direktori va direktor o‘rinbosari, menejer lavozimlariga ishchilar qidirilmoqda.
Cybertruck komponentlarining asosiy qismi zanglamas po‘latdan tayyorlanadi. Ayrim detallarni bo‘yash kerak. Pikap loyihasi martda namoyish etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter