Tesla 2025 yilda arzonroq elektr krossoverini chiqaradi
Tesla o‘z elektromobillarining yangi modelini ommaviy ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda. Gap tarkibning qolgan qismiga nisbatan ixcham va hamyonbop Redwood krossoveri haqida bormoqda.
Ilon Mask 2020 yilda bunday elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlagan edi, biroq rejalar keyinga qoldirildi. Endi kompaniya 2025 yil o‘rtalarida birinchi avtomobillarni chiqarishga tayyorlanmoqda. Bu zamonaviy platformadagi ixcham krossover bo‘ladi.
Hozircha kompaniya bu borada rasmiy bayonot bermadi, ammo Redwood 25 ming dollarga tushishi ma’lum. Bu Teslaning bugungi kundagi eng hamyonbop modeli - Model 3 sedanidan 14 ming dollarga arzonroq.Hozir bu modelning narxi 39 ming dollarni tashkil etadi.
“Mask dastlab 2020 yilda 25 ming dollarlik avtomobil ishlab chiqarishga va’da bergan edi, biroq bu reja keyinroq kechiktirildi va yana qayta tiklandi. Hozirda Teslaning eng arzon avtomobili Model 3 sedani bo‘lib, AQShda u 39 ming dollarga sotilmoqda”, — deya xabar beradi Reutrs.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter