Snapdragon 8 Gen 3-oktyabrda, Xiaomi 14 va Xiaomi 14 Pro noyabrda taqdim etiladi

Taniqli insayder Digital Chat Station kompaniyasining ma’lumotlariga ko‘ra, Snapdragon 8 Gen oktyabr oyi oxirida, unga asoslangan flagmanlar esa noyabrda taqdim etiladi.
Snapdragon 8 Gen 3 ga asoslangan birinchi modellar sirasiga Xiaomi 14 va Xiaomi 14 Pro, shuningdek, OnePlus 12 qurilmalari kiradi.
Shuningdek, Vivo X100, iQOO 12, Redmi K70, Realme GT5 ham ushbu platformada ishlovchi modellar qatoriga qo‘shiladi.
Ma’lumot uchun: hozirgi Snapdragon 8 Gen 2 to‘rtta yuqori unumdor yadro va uchta energiya tejovchi yadroga ega. Snapdragon 8 Gen 3 esa hozirgi yuqori darajadagi SoCdan sezilarli darajada kuchliroq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter