Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samsung Galaxy S24 flagmanlari taqdim etildi (foto)

Samsung Galaxy S24 flagmanlari taqdim etildi (foto)

Foto: Samsung

17-yanvar kuni Kaliforniya (AQSh)da Galaxy Unpacked — Samsung kompaniyasi o‘z yangi qurilmalarini taqdim etadigan an’anaviy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Samsung yangi Galaxy S24 flagman smartfonini, shuningdek, sun’iy intellekt (AI) texnologiyasini qo‘llovchi  S24+ va S24 Ultra modellarini taqdim etdi.

Yevropa bozorida Galaxy S24 va Galaxy S24+ narxi $800 va $1000 dan boshlanadi, ilk marta titan korpusda chiqqan Galaxy S24 Ultra flagmani narxi esa kamida $1300 dan boshlanadi. Smartfonlar savdosiga 31-yanvardan start beriladi.

Galaxy S24 Ultra, Galaxy S24+ va Galaxy S24 (chapdan o‘ngga)

Smartfonlarda zavodda mutaxassislar tomonidan kuchaytirilgan maxsus Snapdragon 8 Gen 3 chiplari va Adreno 740 grafik protsessorlari o‘rnatilgan. Telefonlarda ko‘zda tutilgan operativ xotira — 8 yoki 12 Gb, ichki xotira — 256, 512 Gb yoki 1 Tb. Yuqori yuklanish bilan ishlash uchun optimallashtirilgan sovitish tizimi ko‘zda tutilgan.

Galaxy S24 Ultra, Galaxy S24+ va Galaxy S24 (chapdan o‘ngga)

Galaxy S24 va Galaxy S24+ ekrani — Dynamic AMOLED, tegishli ravishda FHD+ va QHD+ yechim, 6,1 dyuym va 6,7 dyuym kattalikda, Galaxy S24 Ultra ekrani — 6,8 dyuymli Dynamic AMOLED, silliq ishlangan QHD+ yechimga ega. Quyosh nurida tasvir aniq ko‘rinishi uchun 2600 nit yorqinlik va Vision Booster texnologiyasi ko‘zda tutilgan. Barcha smartfonlar eng so‘nggi rusumdagi Corning Gorilla Armor oyna qoplamasi va IP68 (chang va namlikdan) standarti asosida himoyalangan.

Galaxy S24 va Galaxy S24+ smartfonlarining asosiy kameralar moduli oldingi avlod (Galaxy S23)ga nisbatan o‘zgarmadi: obyektiv — 50 Mp, teleobyektiv — 10 Mp va keng burchakli obyektiv — 12 Mp, selfi-kamerasi — avtofokusli va 4K yozuvchi 12 Mp.

Galaxy S24 Ultra

Galaxy S24 Ultra to‘rt moduldan asosiy kamera (markaziy) — 200 Mp, ultra keng burchakli kamera — 12 Mp, shuningdek, ikki teleobyektiv — oldingi 10 Mp (uch karra zumli)ni saqlab qoldi va yangi — besh karra optik zumli 50 Mp kameraga ega bo‘ldi. Tasvir sifatini yaxshilash sun’iy intellektga asoslangan ProVisual Engine ga yuklangan, stabilizatsiya, tungi suratga olish tizimlari optimallashtirilgan, foto va videolarni tahrirlash imkoniyatlari kengaytirilgan.

Ikki xil rangdagi Galaxy S24+

Barcha smartfonlarda tezkor quvvatlash mavjud: bazaviy model Galaxy S24 da — 25 Vt, Galaxy S24+ va Galaxy S24 Ultra — 45 Vt gacha. Galaxy S24 va Galaxy S24+ akkumulyatorlari sig‘imi tegishli ravishda 4000 mAs va 4900 mAs gacha kengaytirilgan. Galaxy S24 Ultra akkumulyatori sig‘imi — 5000 mAsch. Qurilmalar simsiz va teskari (boshqa qurilmalarni) quvvatlash texnologiyalariga ega.

Galaxy S24

Yangi smartfonlarda asosiy urg‘u sun’iy intellekt texnologiyalariga berilgan. Live Translate opsiyasi telefon qo‘ng‘iroqlari paytida real vaqt tartibida ikki tomonlama ovozli va matnli tarjima qilish imkoniyatini berib, 13 ta tilni qo‘llaydi. Smartfon tilni avtomat tarzda aniqlab, tarjimani ishga tushiradi. Diktofonda Transcript Assist yordamchisi ovozli yozuvlarni va matnga o‘girib beradi. Google texnologiyalari yordamida qidiruv yaxshilangan, Samsung Knox yechimi esa smartfonlar himoyasini yanada kuchaytiradi.

Yangi Samsung Galaxy S24 smartfonlari One UI 6.1 qobig‘i va Android 14 operatsion tizimida sotuvga chiqariladi — Galaxy S24 turkumi yetti yil davomida — 2031-yilga qadar Android yangilanishlarini oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring