Samsung Galaxy S24 qanday ranglarda chiqadi?
Galaxy S24 seriyali smartfonlari dizayni haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Qurilmalar displeyning butun perimetri bo‘ylab simmetrik ramkalarga ega bo‘lib, kesma kichikroq bo‘ladi va Galaxy S23 ga qaraganda bir oz pastroq joylashadi.
Ranglar haqida ham ma’lumot berildi. Galaxy S24 seriyasi qora, kulrang, binafsha, sariq, yashil, ko‘k va to‘q sariq ranglarda bo‘ladi. Ehtimol, ulardan ba’zilari faqat brendning onlayn-do‘konidan sotib olayotganda tanlanishi mumkin.
Eng yuqori darajadagi Galaxy S24 Ultra mos keladigan oltin ramkali maxsus oltin versiyasini oladi.
Galaxy S24 kelasi yil yanvar oyida namoyish etilishi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter