Samsung Galaxy A05 va Galaxy A05s rasman taqdim etildi

Samsung arzon bo‘lishi va’da qilingan Galaxy A05 va Galaxy A05s smartfonlarini taqdim etdi. Ikkala qurilma ham yangi chipsetlar, yaxshilangan dizayn va quvvat tezligiga ega.
Samsung Galaxy A05 6,7 dyuymli LCD displey (PLS) HD+ va 60 Gs yangilanish tezligi bilan jihozlangan. Smartfon 6 Gb operativ va 128 Gb ichki xotira, MediaTek Helio G85 chipseti bilan ishlaydi, uni microSD karta yordamida kengaytirish mumkin.
Orqa panelda ikkita kamera mavjud: 50 MP asosiy kamera va 2 MP chuqurlik sensori. Old kameraning o‘lchamlari 8 megapikselni tashkil qiladi. Smartfon soniyasiga 60 kadr tezlikda 1080p piksellar sonida video suratga olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Ushbu model, shuningdek, 25 Vt tez quvvatlanishni ta’minlaydigan 5000 mA/s batareyaga ega. Kamchiligi - barmoq izlari skaneri yo‘qligi.
Samsung Galaxy A05s esa 6,7 dyuymli LCD displey (PLS) HD+ va 90 Gs yangilanish tezligiga ega. 6 Gb operativ va 128 Gb ichki xotira bilan ishlaydigan Qualcomm Snapdragon 680 chipi bilan jihozlangan.
Orqa panelda 50 + 2 + 2 megapikselli uchta kamera mavjud, selfi kamerasi 13 megapikselga teng. 5000 mA/soat batareya 25 Vt tez quvvatlanishga qodir. Sherigidan farqli o‘laroq, quvvat tugmasi ichiga barmoq izlari skaneri o‘rnatilgan.
Samsung Galaxy A05 Tailandda 119 dollarga sotilmoqda. Galaxy A05s chiqarilish sanasi va narxi ishlab chiqaruvchi tomonidan keyinroq e’lon qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter