Rossiya 3G aloqa tarmoqlaridan voz kechmoqchi

Rossiya Federatsiyasi Raqamli rivojlanish vazirligi 2027 yildan e’tiboran butun Rossiya bo‘ylab 3G mobil aloqa tarmoqlarini o‘chirib qo‘yishni taklif qildi.
Taklif Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan va hukumatga ko‘rib chiqish uchun taqdim etilgan. Rasmiy rezolyusiya yil oxirigacha tasdiqlanib, qabul qilinishini kutmoqda.
Reja bir necha muhim bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 2025 yil – yirik shaharlarda statsionar simsiz Iinternetga ulanishni to‘xtatish, 2027 yil – 3G tarmoqlarini o‘chirish.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter