Polaroid avtofokusli tezkor kamera taqdim etdi
Polaroid kompaniyasi I-2 deb nomlangan yangi tezkor kamera taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchi ushbu qurilma Polaroid tarixidagi eng o‘tkir optikaga ega ekanligi bilan maqtanmoqda.
Yangi mahsulot qo‘lda boshqaruv elementlari bilan jihozlangan bo‘lib, bu fotografga diafragmani sozlash va suratga olish rejimini tanlash imkonini beradi.
Fotoapparatning asosiy afzalliklaridan biri avtomatik fokusli uchta optik elementdan iborat linzadir. Chunki endi tunda ham sifatli suratga erishish mumkin.
Kamera kichik ekran, Bluetooth va masofadan boshqarish uchun xususiy dastur bilan jihozlangan. Yangi mahsulotning narxi 600 dollarni, bir zumda chiqarib beriladigan suratning narxi esa taxminan 2 dollarni tashkil qiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter