O‘zbekistonda Redmi Note 12 smartfonlarining sotuvi boshlandi
Xiaomi kompaniyasining uzoq kutilgan Redmi Note 12, Redmi Note 12 Pro hamda Redmi Note 12 Pro+ flagman qurilmalarining sotuvi bugun, 7 aprel kuni O‘zbekistonda boshlandi.
Bu gal ham Xiaomi o‘z smartfonlarida yaxshilangan kamera tizimi, akkumulyatorning ishlash muddati, zaryadlash tezligi va foydalanuvchilarga qulay dizayni bilan bozorga kirmoqchi.
Xo‘sh kompaniya o‘z smartfonlaridagi qaysi jihat bilan e’tiborga tushmoqchi?
Redmi Note 12 seriyasining qahramoni uch kameraga ega Redmi Note 12 Pro+

- Eng avvalo ushbu seriya smartfoni 200 megapikselli optik stabilizatsiya (OIS)ga ega asosiy kamera bilan e’tiborni tortadi. Shuningdek, smartfon past yorug‘lik sharoitida ham sifatli suratga olish uchun mikro ob’yektivni taklif etadi.
- Redmi Note 12 Pro + qurilmalari Dolby Vision® va Dolby Atmos®-ni qo‘llab-quvvatlaydigan 120 Gs Flow AMOLED displeyi yorqin ranglardagi aniqlik va yuqori tasvir sifatini taqdim etadi.
- Redmi Note 12 Pro + uchun 120 Vt.lik HyperCharge 5000 mA/soat quvvatga ega akkumulyator taqdim etilgan, bu esa 19 daqiqada smartfonni to‘liq zaryadlash imkonini beradi.
- Ishlab chiqaruvchanligi yuqori bo‘lgan MediaTek Dimensity 1080 chipseti bilan smartfon “sillik”roq va ishonchli ishlaydi.
Redmi Note 12 Pro da qanday yangiliklar mavjud?

- Smartfoni 108 megapikselli asosiy kamera bilan e’tiborni tortadi.
- Eng so‘nggi Snapdragon® 732 G mobil platformasi bilan ko‘p vazifalarni oson bajarish va energiya samaradorligini oshirishga erishilgan.
- Redmi Note 12 Pro qurilmalari Dolby Vision® va Dolby Atmos®-ni qo‘llab-quvvatlaydigan 120 Gs.li displey yorqin ranglardagi aniqlik va yuqori tasvir sifatini taqdim etadi.
- Redmi Note 12 Pro uchun 67 Vt.lik HyperCharge 5000 mA/soat quvvatga ega akkumulyator taqdim etilgan.
- Film Camera funksiyasi yordamida eski davr kinomatagrafiya ruhini sezish mumkin.

Redmi Note 12

- Redmi Note 12 zamonaviy smartfonning barcha afzalliklarini his qilishni xohlovchi xaridorlarga mo‘ljallangan.
- 33 Vt tez zaryadlash va uzoq muddatli 5000 mA/soat (odatiy) batareya bilan jihozlangan.
- Sun’iy intellektga asoslangan uch talik ekran va tungi rejim.
Yangi mahsulotlarning taxminiy narxlari quyidagicha:
Redmi Note 12 4G (6/128 GB)– 2.679.000 so‘m (elmakon.uz)
Redmi Note 12 4G (4/128 GB)– 2.489.000 so‘m (elmakon.uz)
Redmi Note 12 Pro 4G (6/128 GB) – 3.399.000 so‘m (elmakon.uz)
Qurilmalarni Credit Asia, Idea, Elmakon, Mediapak, Texnomart va Ishonch do‘konlaridan topish mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter