Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kelasi yildan maktablarda robot ingliz tilidan dars beradi

Kelasi yildan maktablarda robot ingliz tilidan dars beradi

Foto:Otsenka.mk

Janubiy Koreya poytaxti maktablarida kelasi yili robotlashtirilgan ingliz tili o‘qituvchilari paydo bo‘ladi. Seul ta’lim boshqarmasi ma’lum qilishicha, robotlar boshlang‘ich va o‘rta maktab o‘quvchilariga yakkama-yakka dars beradi.

Robot o‘qituvchilar xususiy kompaniya tomonidan ishlab chiqilmoqda. 2024 yil mart oyida robototexnik o‘qituvchilar beshta boshlang‘ich va o‘rta ta’lim maktabiga sinovdan foydalanish uchun yetkazib beriladi.

Sun’iy intellektga asoslangan robotlar ingliz tilida dialog olib borishga qodir. Ular sinflarda o‘qituvchi yordamchisi vazifasini bajaradi. Bundan tashqari, robotlar individual mashg‘ulotlar o‘tkazishga, o‘quvchilarning talaffuzini tuzatishga mas’ul.

Agar sinov qoniqarli natijalarni bersa, kompaniya robot o‘qituvchilaridan foydalanishni kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi ingliz tilida so‘zlashishni o‘rgatish uchun ovozli chatbot ilovalaridan foydalanishni ko‘paytirish niyatida. Dasturiy ta’minot smartfon yoki shaxsiy kompyuterlarga o‘rnatilishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring