Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilon Mask mobil aloqadan voz kechmoqchi

Ilon Mask mobil aloqadan voz kechmoqchi

Foto: 3DNews

Ilon Mask bir necha oy ichida telefon raqamidan voz kechishni rejalashtirayotganini shuningdek, matn, audio va video aloqa uchun X ijtimoiy tarmog‘ining imkoniyatlaridan foydalanishini aytdi. Bu haqda biznesmen platformaning o‘zida ma’lum qildi.

X (oldingi Twitter) ijtimoiy tarmog‘ini sotib olish bo‘yicha kelishuv yopilishidan oldin ham Mask mikrobloglar platformasini Xitoyning WeChatga o‘xshash super ilovaga aylantirishni rejalashtirganini aytdi. Bir yil o‘tib, ilovaning iOS versiyasida audio va video aloqa funksiyalari paydo bo‘ldi va yaqinda bu imkoniyatlar Android foydalanuvchilari uchun ochildi. Bu funksiyalar yozdan beri sinovdan o‘tkazildi.

X ijtimoiy tarmog‘ida ovozli va video qo‘ng‘iroqlardan foydalanish uchun sozlamalarda ushbu funksiyani yoqishingiz kerak. U yerda qo‘ng‘iroqlar kimdan kelishi mumkinligini ham belgilashingiz mumkin: platformaning barcha foydalanuvchilari, obunachilar va manzillar kitobidagi kontaktlarni tanlashingiz mumkin. Foydalanuvchi bilan aloqa o‘rnatish uchun u bilan yozishmalarni ochish va oynaning yuqori o‘ng burchagida — ovozli yoki video orqali aloqa formatini tanlashingiz kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring