Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google aqlli soatlarning avtonomiyasini oshirmoqchi

Google aqlli soatlarning avtonomiyasini oshirmoqchi

Foto: Ferra.ru

Google kompaniyasi aqlli soatlar kabi taqiladigan qurilmalar uchun yangi antenna dizayni uchun patent oldi. Bu ularning batareya quvvatini sezilarli darajada oshirishga va’da beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, antennaning yangi konstruksiyasida yuqori nisbiy dielektrik o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan mikroto‘lqinli dielektrik substratdan foydalanilgan bo‘lib, bu nafaqat signallarni yanada samaraliroq uzatish va qabul qilish, balki elektr energiyasini saqlash va shu orqali akkumulyatorning ishlash muddatini yaxshilash imkonini beradi.

Ushbu antenna dizayni ixcham o‘lchamga ega, kengligi va uzunligi 8 mm dan kam bo‘lib, uni aqlli halqalar kabi kichik taqiladigan qurilmalarda ishlatish uchun qulaylik beradi.

E’tibor bering, ushbu antennalar taqiladigan texnologiyalarda asosiy rol o‘ynaydi. U kuzatuv datchiklaridan ma’lumotlarni yig‘adi (masalan, fitnes soatlaridagi bosim datchiklari yoki  GPS) va ularni tahlil qilish yoki saqlash uchun qurilmaga uzatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring