Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobilning batareyasi tugab qolsa, dron yordamga keladi

Elektromobilning batareyasi tugab qolsa, dron yordamga keladi

Foto: Focus.ua

Ford ajoyib g‘oya bilan chiqdi. Unga ko‘ra elektromobilning quvvati yo‘lda tugab qolsa, dron o‘sha yerga yetib boradi va mashinani quvvatlantirishga tushadi. Masalan, tirbandlikda bekor turish yoki mashinaning "qornini to‘yg‘izish"ga alohida vaqt ajratishga hojat qolmaydi.  

Dron va mashina o‘rtasida ma’lumot almashish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, dron batareya oz qolganini biladi hamda uning oldiga oshiqadi. Elektromobilni quvvatlantirish uchun u to‘xtab turishi shart emas, harakatda vaqti ham quvvatlantiraveradi.

Kompaniya patent olish uchun arizani 2019 yilda topshirgan edi, yaqinda olishga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring