Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobillar dunyoning 23 mamlakatida yangi avtomobil bozorining 5 foizdan ortig‘ini egalladi

Elektromobillar dunyoning 23 mamlakatida yangi avtomobil bozorining 5 foizdan ortig‘ini egalladi

Foto: Dknews

So‘nggi chorakda elektr transport vositalari 23 mamlakatda yangi avtomobillar sotuvining 5 foizidan oshdi. Ushbu mamlakatlarda elektromobillar savdosi yiliga o‘rtacha 55 foizga ko‘tarilgan.

O‘tgan yilning ikkinchi choragi holatiga ko‘ra, G‘arbiy Yevropaning deyarli barcha mamlakatlari, shuningdek, Xitoy va AQSh birlamchi avtomobil bozorida 5 foizlik chegaradan o‘tishdi. Joriy yilning ikkinchi choragida ushbu 19 davlatga Kanada, Avstraliya, Ispaniya, Tailand va Vengriya qo‘shildi.

AQShda 5 foizlik marra 2021-yil oxirigacha bajarilmadi, chunki mahalliy iste’molchilarning transport vositalariga nisbatan o‘ziga xos talablari bor. Mamlakatda pikaplar va katta krossoverlar mashhurroq.

Hindiston hozirda Xitoy va AQShdan keyin dunyodagi uchinchi yirik avtomobil bozoridir, ammo bu yerda elektr transport vositalarining ulushi hali ham asosiy segmentning 3 foizidan oshmaydi.

Yevropa avtomobil bozorida ikki yildan kamroq vaqt ichida quvvatlash portlari bilan jihozlangan avtomobillar ulushi uch baravar ko‘paydi — u tom ma’noda 10 foizgacha o‘sdi. Yangi elektr avtomobillar sotuvining qariyb 90 foizi uchta hududga to‘g‘ri keladi: Xitoy, Yevropa va Amerika.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring