BYD batareyasi o‘rnatilgan Tesla tez quvvatlandi

Berlinda ishlab chiqarilayotgan Tesla Model Y uchun BYD batareyasidan foydalanildi. Natijada mashina avvaligadan ancha tez quvvatlanayotgani ma’lum bo‘ldi. 30 daqiqada 80 foizga quvvatlanish yaxshi ko‘rsatkich, shunday emasmi?
Aslida ikki kompaniya raqobatchi hisobalanishi, Ilon Mask BYD ustidan kulganiga qaramay Tesla uning batareyalarini sotib olishni boshladi. Chunki yangi akkumulyator bilan ishlayotgan Tesla Model Y oldingi avlodlari ichida afzallikka ega bo‘lmoqda.
BYD batareyasi sharofati bilan quvvatlash seansi qisqarib, haydovchining vaqti tejalmoqda. Lekin mashinaning qanchada quvvatga to‘lishi boshqa omillar, masalan quvvatlash qurilmasi va havo harorati bilan ham bog‘liq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter