Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu yil Androiddan yangi funksiyalar kutsak bo‘larmikin?

Bu yil Androiddan yangi funksiyalar kutsak bo‘larmikin?

Foto: Lifehacker

Google 2024 yilda Android oladigan xususiyatlarni sanab o‘tdi.

Avvalo, kompaniya operatsion tizim va Samsung smartfonlarida Quick Share opsiyasi paydo bo‘lishini va’da qildi. Bu esa telefonlar va shaxsiy kompyuterlar o‘rtasida tezkor ma’lumotlarni almashish imkonini beradi. Kompaniya muhandislari kontentni bir qurilmadan ikkinchisiga o‘tkazish uchun UWB va boshqa simsiz texnologiyalardan ham foydalanadi.

Shuningdek, smartfonga simsiz quloqchinlar va boshqa audio jihozlarga tezda ulanish imkonini beruvchi Fast Pair funksiyasini e’lon qilinadi. Bu qurilmalarda fevral oyida paydo bo‘ladi.

Yana bir yangilik - Google TV va Android TV operatsion tizim asosidagi ayrim televizorlar aqlli uy qurilmalari uchun markaz sifatida ishlatilishi mumkin.

Bundan tashqari, korporatsiya Google Maps xaritalash xizmatiga yangi funksiyalar qo‘shishga va’da berdi. Xususan, foydalanuvchilar qolgan batareya quvvatiga qarab sayohatlarni hisoblash uchun o‘z elektromobilini ilovaga qo‘shishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring