Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bu smartfon chiqishini kutishni so‘ragandik

Bu smartfon chiqishini kutishni so‘ragandik

Foto: Yogesh Brar

Samsung kompaniyasi, foydalanuvchilarning talab-istaklaridan kelib chiqib, arzon Galaxy M34 smartfonini taqdim etishga hozirlanayotgan haqida yozgandik.

Insayder Yogesh Brar ushbu smartfon qanday xususiyatlarga ega bo‘lishidan tashqari, uning narxi va ehtimoliy taqdimot vaqti haqida xabar berdi.

Foto: Yogesh Brar

Samsung Galaxy M34 smartfoni 6,64 dyuymli AMOLED-displey bilan ta’minlanadi (Full HD+, yangilanish chastotasi 120 Gs), deyiladi xabarda.

Smartfon protsessori — Exynos 1280, akkumulyatori sig‘imi — 6000 mAs.

Insayder ishontirishicha, smartfon narxi, xotirasiga qarab, $220 dan $232 gacha bo‘ladi. Solishtirish uchun: 6/128 Gb xotirali Galaxy M33ning narxi $220 edi.

Aytishlaricha, smartfon taqdimoti shu haftada o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring