Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Android foydalanuvchilari uchun yaxshi yangilik

Android foydalanuvchilari uchun yaxshi yangilik

Foto: Pervo.ru

Google barcha Android smartfonlarini masofadan tezlashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Android 12, 13 va 14 ga mansub barcha qurilmalar tezlashdi.

Endi smartfonlar, planshetlar va boshqa Android qurilmalarida ilovalarni ishga tushirish taxminan 30  foizga tezlashdi. Tezlashtirish foizi qurilmaning o‘ziga xos modeliga bog‘liq.

Foydalanuvchilar, shuningdek, Android 13 asosidagi yangi qurilmalarda qayta ishga tushirilganda operatsion tizim ishga tushishi tezlashganini qayd etishdi. Endi bu jarayon o‘rtacha 20 soniya kamroq vaqt oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring