Ana xolos! Quvvatlagich – teri ichida!
Olimlar teri ostiga joylashtiriladigan simsiz quvvatlovchi qurilma ixtiro qilishdi. Hozircha u faqat kemiruvchilarda sinovdan o‘tkazilgan, ammo agar odamlarda o‘tkazilgan keyingi tajribalar muvaffaqiyatli bo‘lsa, tibbiy implantlar endi batareya va simlardan foydalanishni talab qilmaydi.
Ko‘pgina bioelektron qurilmalar, masalan, sensorlar yoki dori-darmonlarni yetkazib berish tizimlari, ko‘pincha bort batareyalarining quvvati bilan cheklanadi. Ushbu muammoni hal qilish uchun olimlar teri ostiga tikilishi mumkin bo‘lgan simsiz quvvatlovchi chip prototipini yaratdilar. U energiyani tana orqali simsiz uzatishi yoki tanadan energiya yig‘ishi mumkin.
Kalamushlarda simsiz implant 10 kungacha ishladi va ikki oy ichida butunlay eridi, bu uning biologik parchalanishini ko‘rsatdi. Ammo agar olimlar tizimni oksidlovchi himoya polimer va mum qatlamlarini qalinroq qilishsa, bu uzoqroq davom etishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter