Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

4000 dollarlik Mercedes bor, olasizmi?

4000 dollarlik Mercedes bor, olasizmi?

Mercedes yangi AMGni taqdim etdi. Gap avtomobil haqida emas, elektr velosiped — AMG F1 City Edition 750 haqida ketmoqda.

Bir quvvatlanishda 112 km masofani bemalol bosib o‘tadigan, maksimal tezligi esa 45 km/soat bo‘lgan bunday Mercedes har qanday yigitning orzusi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Naq to‘rtta haydash rejimiga ega velosiped hattoki "sport" rejimida ham harakatlanadi.

Oddiy velosipedlardan farqli o‘laroq, Mercedesning narxi esa "atigi" 4000 dollar. Siz bu narxga velosiped olgan bo‘larmidingiz yo..?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring