2024-yilda 170 millionta sun’iy intellektli kompyuter chiqariladi
Kompyuter ishlab chiqaruvchilar sun’iy intellekt bilan bevosita ishlovchi kompyuterlarni yig‘ishga zo‘r bermoqda, deya xabar berdi Computerworld nashri.
Canalys mutaxassislariga ko‘ra, 2024-yilda jahon bozoriga chiqadigan har beshinchi kompyuter yoki 170 milliondan ortiq qurilmada sun’iy intellektni qo‘llovchi vositalar oldindan o‘rnatiladi. Sun’iy intellektli kompyuterlarning mikrosxemalari murakkab hisoblashlar va ko‘p sonli ma’lumotlarni ishlashga moslashtirilgan bo‘ladi.
Bu murakkab kompyuterlarning qariyb 60 foizi tashkilotlar va biznes sohasi uchun chiqariladi.
“Shundan so‘ng ularning ommalashuvi juda tezlashib ketadi, bu jarayon ishlab chiqaruvchanlik, xavfsizlik va xarajatlarni boshqarish biznesning asosiy omili sanalgan tijoriy sektorda, ayniqsa, yaqqol ko‘zga tashlanadi”, — deya ta’kidlashmoqda ekspertlar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter