Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Smartfonni bir kunda 344 marta sog‘inadiganlar

Smartfonni bir kunda 344 marta sog‘inadiganlar

Foto: 17.ru

Hozir telefon orqali ko‘plab ishlarni amalga oshirish mumkin. Tadqiqotlarga ko‘ra, AQSh fuqarosi smartfonini kuniga o‘rtacha 344 marta tekshiradi. Bu har to‘rt daqiqada bir marta, demakdir. Aksariyat hollarda ularning maqsadi qandaydir ishini bitirib olish bo‘ladi, lekin beixtiyor ijtimoiy tarmoqlar ilovalariga kirib ketishadi.

Ba’zilar esa hech qanday ishi bo‘lmasa ham nima qilishni bilmagan holda smartfonga qo‘l yugurtiraveradi. Ayniqsa, ruldagi haydovchilar smartfonga ko‘p chalg‘ib, yo‘ldagi holatlarni yaxshi anglolmay qoladilar. Shuningdek, biror ish qilayotganda telefonning xabar kelganidan ogohlantirib "titillab" turishi chalg‘itishi tabiiy.

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘ldiki, smartfoni o‘zidan yiroqda turganida bajarilgan ish ancha unumdor bo‘larkan. Muhim vazifaga yeng shimarish oldidan telefonni o‘chirmasa ham biroz uzoqroqqa qo‘ygan ma’qul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring