Olimlar smartfonlarning miyaga salbiy ta’sirini ma’lum qilishdi

Geydelberg, Kyoln va Padua universiteti qoshidagi psixoijtimoiy tibbiyot markazining bir guruh tadqiqotchilari smartfondan uzoq vaqt foydalanish miya faoliyatining sustlashishiga olib kelishini ta’kidlashmoqda.
Ushbu tadqiqotda nevrologik yoki ruhiy kasalliklari aniqlanmagan turli yoshdagi 39 nafar kishi ishtirok etdi.
Ular diqqat, xotira va reaksiya bo‘yicha turli vazifalarni bajarishlari kerak edi. Shu bilan birga, ishtirokchilarning miya faoliyati magnit-rezonans tomografiya yordamida baholandi.
Tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, eng ishtiyoqli smartfon foydalanuvchilar miyasining diqqat va impulslarni boshqarish uchun mas’ul bo‘lgan frontopariyental qismi u qadar faol emas.
Olimlarning fikriga ko‘ra, shunga o‘xshash holat nafaqat smartfonga, balki qaramlikning boshqa shakllarida ham kuzatiladi.
Ammo tadqiqotchilar test ishtirokchilarining soni kam bo‘lganligi uchun hali biror xulosa yoki bayonot chiqarishga erta ekanligini aytishmoqda.
Bundan tashqari, respondentlarning aksariyati yoshlar, bu esa natijalarni umumlashtirishni yanada qiyinlashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter