Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaqindagina yasab tugatilgan Tesla Bot robotlari namoyish etildi (+video)

Yaqindagina yasab tugatilgan Tesla Bot robotlari namoyish etildi (+video)

Foto: Rambler.ru

Tesla o‘zining odamsimon roboti Tesla Botning yangi imkoniyatlarini namoyish etdi. Videoda robotlar asta-sekin va oldinga to‘g‘ri qadamlar bilan yurishayotgani, qo‘llariga predmetlarni olishi va boshqa joyga qo‘yishini ko‘rish mumkin.

Ilon Maskning aytishicha, robotlarni yaqindagina yasab bitirishdi. Aslida ular ilk bor Tesla AI Day tadbirida namoyish etilgan edi, lekin unda hali to‘liq bitirib ulgurishmagandi. O‘shanda robot zo‘rg‘a yurgan va maxsus stenddan tomoshabinlarga qo‘l silkitgan.

Hozirda takomillashtirilgan robot biroz sekinroq bo‘lsa-da mustaqil ravishda yurishni yaxshi eplayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring