Yaqinda kompyuterni klaviatura va sichqoncha emas, ko‘z va yuz orqali boshqarasiz

Yaqin kelajakda Google sun’iy intellektdan foydalanish doirasida foydalanuvchining yuzini kuzatish uchun ChromeOSga Face Trackingni qo‘shadi.
Ya’ni, Chromebook qurilmangizni ko‘z harakati yordamida boshqarish imkonini beradi. Bu ba’zi sabablarga ko‘ra sichqoncha va klaviaturadan foydalana olmaydigan yoki foydalanmoqchi bo‘lmaganlar uchun kompyuterni boshqarishni sezilarli darajada osonlashtiradi.
Mazkur funksiya ChromeOS 120-versiyasida kursor va sensorli panel sozlamalari sahifasining "Maxsus imkoniyatlar" bo‘limida joriy qilingan, ammo hozircha ishlamaydi. Ishga tushgach, Chromebook sotib olishni yoki ulardan ko‘proq foydalanish keskin oshishi aniq.
Face Tracking nogironlarga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini berishi va shu orqali ularning hayotini yaxshilashi bilan ham muhimdir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter