Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“Xitoycha ChatGPT” ishkal bilan ishga tushdi

“Xitoycha ChatGPT” ishkal bilan ishga tushdi

Foto: New York Post

Kecha, 16-mart kuni Xitoyning Baidu kompaniyasi uzoq kutilgan sun’iy intellektda ishlovchi chat-botini ishga tushirdi. Reuters yozishicha, Ernie Bot deya nomlangan chat-bot, ochig‘ini aytganda, sarmoyadorlarning hafsalasini pir qildi.

Nega?

Baidu chat-botini ishlatib ko‘rsatish o‘rniga oldindan yozib olingan viderolikni qo‘yib berdi. Rolikda Ernie Bot matematik hisoblashlarni amalga oshirayotgani, xitoycha lahjalarda so‘zlashayotgani, video va fotolarni ishlayotganini ko‘rish mumkin.

Baidu direktori Robin Li platforma hali “ideal” emasligini tan oldi, tezkor taqdimotdan maqsadni esa “bozor talabi shu”, deya izohladi.

Ernie Bot qidiruv tizimi (Baidu)ni keng ko‘lamli takomillashtirish, bulutli hisoblashlar samaradorligini oshirish, “aqlli” avto va maishiy texnikalarda qo‘llanilishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring