Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sun’iy intellektga inson tilini tahlil qilish va kasalliklarni "joyida" tashxislash o‘rgatilgan

Sun’iy intellektga inson tilini tahlil qilish va kasalliklarni

Foto: Ferra

Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kompyuter algoritmi til rangini tahlil qilish orqali turli kasalliklarga tashxis qo‘yishda hayratlanarli 98 foiz aniqlikka erishdi. MTU va UniSA tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan tasvirlash tizimi diabet, insult, kamqonlik, astma, jigar va o‘t pufagi muammolari, COVID-19 hamda bir qator qon-tomir va oshqozon-ichak kasalliklari kabi kasalliklarga tashxis qo‘yish imkoniyatlarini namoyish etdi.

Sun’iy intellektdan (SI) foydalanadigan tizim 5260 ta til tasvirida o‘qitildi va turli kasalliklarga chalingan bemorlardan olingan 60 ta rasmda sinovdan o‘tkazildi. Deyarli barcha holatlarda sun’iy intellekt modeli til rangini o‘ziga xos kasalliklar bilan aniq bog‘ladi.

Technologies jurnalida chop etilgan tadqiqotda tizim real vaqtda til rangini suratga olish uchun bemordan 20 santimetr masofada joylashgan yuqori aniqlikdagi kameralardan qanday foydalanishi haqida batafsil ma’lumot berilgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring