Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan birinchi qisqa metrajli film taqdim etildi

Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan birinchi qisqa metrajli film taqdim etildi

Xitoyning taniqli TCL televizor ishlab chiqaruvchisi TCLtv+ studiyasini yaratish haqida e’lon qildi.

Yangi tashkil etilgan kinokompaniya sun’iy intellekt yordamida yaratilgan filmlarni ishlab chiqaradi. Uning birinchi ishi "Botdagi xabar" (Message in a Bot) nomli qisqa metrajli film edi.

Film syujeti ilg‘or texnologiyalar bilan to‘ldirilgan kosmik kema sayyoramizga qulab tushsa nima bo‘lishi haqida hikoya qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq kompaniya “Next Stop Paris” filmi – professional aktyorlar tomonidan ijro etilgan romantik hikoyani ham e’lon qilgan edi.

Ta’kidlash joizki, sun’iy intellektdan kinematografiyada foydalanish yangi imkoniyatlarni ochadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring