Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifoxonalarda mushuk ko‘rinishidagi robotlar paydo bo‘ldi

Shifoxonalarda mushuk ko‘rinishidagi robotlar paydo bo‘ldi

Foto: Habr.com

Moskva kasalxonalari robot-yordamchilarni sinovdan o‘tkazishni boshladi. Ular Moskvadagi uchta kasalxonada shifokorlar va bemorlarga yordam berishadi, tashqi ko‘rinishi tufayli ularni robot mushuklar deb atashadi.

Robot-kureryordamchilar kasalxona bo‘ylab oziq-ovqat va dori-darmonlarni yetkazib berishlari, bemorlarni kutib olishlari, ularga narsalarni tashishda yordam berishlari mumkin. Bundan tashqari, robot mushuklar bemorlarga sog‘liq uchun maslahatlar beradi.

Kameralardan ikkitasi korpusning pastki qismida joylashgan - ular atrof-muhitni skanerlaydi, uchinchi kamera esa shiftga qaratilgan. Robot mushuklar 3D sensorlar bilan ham jihozlangan bo‘lib, ular to‘siqlar oldida to‘xtab, xavfsiz muhitni saqlab qolish imkonini beradi.

Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, Moskvaning boshqa shifoxonalari ham shunday robotlar bilan jihozlanishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring