Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqamli texnologiyalar vaziri ChatGPT va Bardni solishtirdi

Raqamli texnologiyalar vaziri ChatGPT va Bardni solishtirdi

Foto: Observer

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov o‘z telegram-kanalida sun’iy intellektga asoslangan Google Bard va OpenAI ChatGPTni taqqosladi:

“Google Bard generativ sun’iy intellekt sohasida ancha ochiqroq va kengroq ish boshlagani yaxshi bo‘ldi. Boshida u ham OpenAI ChatGPTga o‘xshab kam sonli davlatlar uchun ochiq edi, hozirgi kunda uni O‘zbekistondan ham bemalol ishlatish mumkinligi mamlakatimizdagi foydalanuvchilarga ham qo‘shimcha imkoniyatlarni ochadi. 

Bard internetdagi oxirgi ma’lumotlarga ulanganligi uning ustuvor tomonidir. Masalan, ertaga Samarqandda boshlanadigan juda katta tadbirning mamlakatimiz rivoji uchun muhimligi haqida so‘raganimda u juda mazmunli javob berdi (rasmlarda o‘zingiz ham o‘qib ko‘rsangiz bo‘ladi).

Asosiy raqobatchisi bard.google.com tomonidan bu kabi dunyoning juda ko‘p davlatlardagi foydalanuvchilarga imkoniyat ochilishi, OpenAI ChatGPTni ham tezroq ko‘proq davlatlarga, shu jumladan O‘zbekistondagilar uchun ham foydalanishga imkoniyat yaratishga undaydi deb umid qilamiz. Hozircha OpenAI Guglga nisbatan ancha yopiqligini ko‘rsatib turibdi, nomi “Ochiq” degan ma’noni anglatsa ham” .

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring