Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

"Raqamli talaba" PhD darajasini olishi mumkin  

Foto: Ferra.ru

Amerikalik dotsent Keysi Tompson tomonidan taklif qilingan Enn va Frayni robotlar bilan adashtirmang. Ular "raqamli talabalar" deb tanishtirilmoqda. Ya’ni, mikrofonlar, kompyuterlar va dinamiklar orqali kursdoshlar bilan muloqot qiladigan sun’iy intellekt vositasidir.

O‘quv jarayonida ular talabalar bilan birgalikda ma’ruzalarni tinglaydilar, dolzarb muammolarni muhokama qiladilar va topshiriqlarni bajaradilar.

“Boshqa talabalar singari, ular ham imkoni boricha ta’lim tajribasini davom ettirib, PhD darajasini olishlariga umid qilamiz. Hozir biz ularni o‘rganyapmiz va talabalarga o‘zlari o‘qiydigan kurslarni tanlashlariga imkon beramiz”, — deya izoh berdi Tompson.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring