Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MIT olimlari robotlarni o‘rgatishning yangi usulini ishlab chiqdi

MIT olimlari robotlarni o‘rgatishning yangi usulini ishlab chiqdi

Massachusets texnologiya instituti (MIT) olimlari turli manbalardan olingan ma’lumotlar asosida ko‘p maqsadli robotlarni o‘qitish imkonini beruvchi texnikani yaratdilar. Ular generativ sun’iy intellektdan foydalangan holda turli sohalar, usullar va vazifalardan ma’lumotlarni birlashtirdilar.

Policy Composition (PoCo) deb nomlanuvchi yangi usul robotlarga bir nechta vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish va yangi muhitlarga moslashish imkonini berdi. Simulyasiya va haqiqiy tajribalarda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, robotlarning ishlashi boshlang‘ich usullarga nisbatan 20 foizga yaxshilandi.

PoCo yaratish uchun olimlar diffuziya modellaridan foydalanganlar va ularning har birini robotlarning video namoyishlari kabi turli ma’lumotlar to‘plamlarida alohida o‘rgatishgan. Keyin ular ushbu modellarni birlashtirib, robotlarga turli vazifalar bo‘yicha o‘z ko‘nikmalarini umumlashtirishga imkon berdi.

Mutaxassislarning fikricha, bu yondashuv robototexnika sohasi uchun muhim qadam bo‘lib, undan foydalanish robotlarga murakkab ko‘p bosqichli vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish va turli muhitlarda ishlash imkonini beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring