Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google sun’iy intellekt yordamida svetoforda o‘tkaziladigan vaqtni kamaytirmoqchi

Google sun’iy intellekt yordamida svetoforda o‘tkaziladigan vaqtni kamaytirmoqchi

Foto: Ferra

Google sun’iy intellekt va Google Maps ma’lumotlaridan foydalangan holda tirbandlik va chiqindilarni kamaytirishga mo‘ljallangan Project Green Light loyihasini ishga tushirdi.

Ishlanma avtomobillarning chorrahalarda to‘xtab, tezlashishi natijasida yuzaga keladigan ifloslanishni kamaytirishga qaratilgan.

Sun’iy intellekt transport oqimlari, kutish vaqtlari va svetofor vaqtini tahlil qilib, tirbandlikdan tashqari soatlarda qizil chiroq yonish vaqtini qisqartirish kabi yaxshilanishlarni taklif qiladi.

Ushbu tavsiyalar mavjud infratuzilma yordamida bir necha daqiqada amalga oshirilishi mumkin.

Tashabbus allaqachon Rio-de-Janeyro, Sietl, Bangalor va Boston kabi shaharlarda sinovdan o‘tkazilgan. Google o‘zgarishlar ta’sirini kuzatuvchi tavsiyalar va tahlillar bilan boshqaruv panelini taqdim etadi.

Ma’lum qilinishicha, texnologiyadan foydalanish natijasida oyiga 30 million qatnov uchun yoqilg‘i sarfi va chiqindilarni kamaytirish, shuningdek, to‘xtashlarni 30 foizgacha kamaytirish mumkin bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring