Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Windows tizimida yana nosozlik

Windows tizimida yana nosozlik

Foto: "ixbt.com"

Windows foydalanuvchilari Microsoft ofis dasturlari yangilanishlariga hujum qilgan xavfsizlik dasturlaridan shikoyat qilishdi. Bu haqda BleepingComputer xabar bermoqda.

Jurnalistlar Windowsning tarmoqdagi litsenziyalangan nusxasiga egalik qiluvchilar shikoyatlariga e’tibor qaratdi. Ko‘p foydalanuvchilarning fikriga ko‘ra, operatsion tizimga o‘rnatilgan Windows Defender Office ye to‘plami dasturlari uchun yangilanishlarni xavfli deb hisoblagan va ularni o‘rnatishni bloklagan. Materialda aytilishicha, voqea shaxsiy kompyuter egalari uchun istehzoli tuyuldi, chunki Windows va Office dasturlari Microsoft tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Qayd etilishicha, Office to‘plami dasturlari uchun yangilanishlar o‘rnatilayotganda antivirus dasturlari jarayonga xalaqit berib, foydalanuvchilarni virusli hujum haqida ogohlantirgan. Shunday qilib, Microsoft mijozlari ilovalarning yangi versiyalaridan foydalana olmadilar.

Nosozlikka operatsion tizim kodi bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lgan. Kompaniya muhandislar muammoni allaqachon hal qilganini aytdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring