Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

ShHT delegatsiyasi a’zolari «Aqlli shahar» loyihasi doirasida qo‘llanilayotgan texnologiyalar bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2021-2022-yillarda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligini samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 23-oktyabrdagi PQ–5266-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida bugun 28-iyun kuni Toshent shahrida “Aqlli shahar” dasturi doirasida ShHTga a’zo davlatlar poytaxtlari va shaharlari o‘rtasida hamkorlik va tajriba almashish” mavzusidagi xalqaro forumga start berildi.

Mazkur forumda ShHTga a’zo davlatlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va “Aqlli shahar”lar yo‘nalishiga mas’ul vazirlik va idoralar delegatsiyalari ishtirok etishdi.

Forumning ilk kunida delegatsiya a’zolariga Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi korxona va tashkilotlarning mas’ul xodimlari tomonidan hamrohlik qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring