Sherzod Shermatov Yaponiya delegatsiya vakillarini qabul qildi
Joriy yilning 1-avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yaponiya Parlamenti palatasi deputati janob Keydzi Furuya boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi. Unda Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Yoshinori Fujiyama ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston – Yaponiya o‘rtasidagi aloqalar, hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘z navbatida, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan va axborot texnologiyalari sohasida hayotga tatbiq etilayotgan loyihalarning istiqbollari, shuningdek, ikki tomonlama manfaatli istiqbolli yo‘nalishlar, jumladan, raqamlashtirishda hamkorlikni kengaytirish va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.
Xususan, O‘zbekiston – Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari har tomonlama manfaatli va samarali ekanligini ta’kidlandi. O‘zbekistonda tibbiyot sohasini raqamlashtirishda Yaponiya bilan tizimli ishlar amalga oshirilayotgani ham qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida mamlakatimizni mintaqaviy IT xabga aylantirish, BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirishda hamkorlikni oshirish masalalariga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter